IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi
Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi. O‘rniga IIV rahbari o‘rinbosari - Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti boshlig‘i lavozimi kiritildi. Unga polkovnik Zufar Kurbanov tayinlandi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi
Prezident qarori bilan ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Buning o‘rniga ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti rahbari lavozimi kiritildi. Unga polkovnik Zufar Kamilevich Qurbonov tayinlandi.
Zufar Qurbonov 1982 yilda tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini, 2005 yilda ushbu universitet magistraturasini, 2022 yilda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini tamomlagan.
U 2003–2023 yillarda Uztelecom aksiyadorlik kompaniyasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2023 yil sentabrda IIV rahbarining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid

11:24
Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

16:18 / 01.05.2025
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor tayinlandi

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025