Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Surxondaryo viloyati, Denov tumani bozorida ruhiy xasta ayol 3 yashar begona qizni pichoqladi.
Hodisa 1 may kuni sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ayol qizchaga pichoq urgani, so‘ngra pichoqni tashlab, ketib qolgani ko‘rinadi.
Qizcha og‘ir tan jarohati oqibatida tuman shifoxonasida vafot etgan. Gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan. Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.
Hozir ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025