8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
O‘g‘lining xarididan bexabar ayol uyi qanotida 30 quti konfet paydo bo‘lganidan hayratga tushgan.

Foto: Facebook / Holly LaFavers
AQShning Kentukki shtatida yashovchi bola onasining telefoni orqali Amazonʼdan 70 ming dona konfet buyurtma qildi. Bu haqda ikkinchi sinfda o‘qiydigan bolaning onasi Holli LaFavers Facebook’ka yozib qoldirdi.
LaFavers o‘g‘li Liamning xarididan bexabar bo‘lgan va uyi qanotida 30 quti Dum-Dums konfetlari paydo bo‘lganidan hayratga tushgan — ularning har birining ichida 2340 dona konfet bo‘ladi. Kutilmagan xarid uchun ayol 4,2 ming dollar to‘lashga majbur bo‘lgan.
Amazon vakillari vaziyatni tushunib, 30 qutidan sakkiztasini qaytarishga rozi bo‘lgan. Qolganlarini esa ayol mustaqil ravishda sotishga kirishgan. U qo‘shinlari va do‘stlariga konfet sotib olishni tavsiya qilgan.
Oxir-oqibat OAVda mazkur holat yoritilib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgach, Amazon konfetlar pulini to‘liq qaytarishga rozi bo‘lgan.
«Bir yoki ikki quti sotib olish taklifini bildirgan yoki xabarni ulashishga yordam bergan barchaga rahmat», — deb yozadi ayol.
LaFavers va Liam konfetlarning bir qismini mahalliy muassasalar, jumladan, cherkov va maktabga xayriya qilgan. Amazon esa vaziyat ijobiy hal bo‘lganidan mamnun ekanini bildirgan.
Mavzuga oid

13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi

07:50 / 29.04.2025
Amazon orbitaga Starlink uchun raqobatchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi

18:36 / 10.04.2025
Amazonʼning sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan raketa parvozi noqulay ob-havo sabab bekor qilindi

23:40 / 02.04.2025