Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: YeK Rossiyaning «soyadagi floti»ga qarshi yangi sanksiyalar taklif qiladi
Yevropa komissiyasi Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibiga kiruvchi yana 150 ta kemaga cheklovlar joriy etishni taklif qiladi, deb xabar beradi Bloomberg. Agar Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari taklifni ma’qullasa, yangi choralar Yevropa Ittifoqining 17-sanksiya paketiga aylanadi.
Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga Rossiya neftni cheklovlarni chetlab o‘tib eksport qiladigan «soyadagi floti»ga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni taklif qilmoqchi. Shu tariqa, Yevropa Ittifoqi Ukrainada davom etayotgan urush kontekstida Kremlga bosimni kuchaytirishga umid qilmoqda, deb yozdi Bloomberg 6 may, seshanba kuni.
Xabardor manbalarning aytishicha, taklif qilinayotgan sanksiyalar Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibiga kiruvchi 60 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, yana 150 ta kemaga taalluqlidir. Shunday qilib, cheklovlar ostidagi tankerlarning umumiy soni 300 dan oshadi.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari 20 may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda komissiya taklifini ko‘rib chiqmoqchi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Agar tashqi ishlar vazirlari tomonidan ma’qullansa, yangi chora-tadbirlar Yevropa Ittifoqining 2022 yil 22 fevraldan boshlab Rossiyaga nisbatan joriy etadigan 17-sanksiya paketiga aylanadi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
16:42 / 24.05.2025