O‘zbekiston | 09:15 / 07.05.2025
1462
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xalqaro mutaxassislar ishtirokida PAYNET Kuzatuv kengashi shakllantirildi

“PAYNET” AJ kompaniyaning strategik rivojlanishini ta’minlash maqsadida Kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi. Ushbu qadam korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, uning oshkoraligi, barqarorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Foto: PAYNET

Kuzatuv kengashi tarkibiga fintex, transformatsion liderlik, korporativ boshqaruv va strategik o‘zgarishlar sohalarida yuqori professional obro‘ va tajribaga ega xalqaro mutaxassislar kiritilgan:

• Maykl Kouli – Cambridge Institute for Global Leadership prezidenti va bosh ijrochi direktori, strategik yetakchilik va korporativ boshqaruv sohasida xalqaro tadqiqotchi, kitoblar muallifi va Garvard dasturlarining ma’ruzachisi.

• Nargis Dustmatova – O‘zbekiston Fintex assotsiatsiyasi direktori, fintex ekotizimi, ta’lim tashabbuslari va raqamli innovatsiyalar rivoji bo‘yicha ekspert. Mamlakatda moliyaviy texnologiyalarni faol targ‘ib qiladi, sohaning barqaror rivojlanishi va raqamli iqtisodiyotdagi inklyuzivlik tarafdoridir.

• Xurshid Zaynutdinov – KZ Consulting direktori, xalqaro maslahatchi, tashkilot rivoji va o‘zgarishlar bo‘yicha sertifikatlangan kouch, boshqaruv konsaltingi va mentorlik sohasida mutaxassis.

• Tarik Qureyshi – Xponential Group va Future Readiness Institute asoschisi va bosh ijrochi direktori, raqamli transformatsiya va biznes kelajagi bo‘yicha ekspert, ilgari Bloomberg Media va Dow Jones kompaniyalarining YeMeA mintaqasidagi rahbari bo‘lgan, Garvard biznes maktabi bitiruvchisi.

• Mustafa Abdraxmanov – “NEW INDUSTRIAL TECHNOLOGIES” MChJ bosh direktori

Kuzatuv kengashining asosiy vazifalaridan biri — kompaniya rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish, korporativ boshqaruvning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsiyalar, o‘sish va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarida boshqaruv jamoasini qo‘llab-quvvatlash hamda investorlar, hamkorlar, tartibga soluvchi organlar va jamoatchilik bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Kuzatuv kengashining shakllantirilishi kompaniyaning barqaror va sifatli rivojlanishga intilishini aks ettiradi. Uning a’zolarining tajribasi va bilimlari PAYNET’ning strategik maqsadlarini yanada mustahkamlash hamda tez rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotda samarali boshqaruvni ta’minlashga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid