O‘zbekiston | 12:07 / 07.05.2025
3016
1 daqiqa o‘qiladi

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish asoslari kengaytirilmoqda

Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.

Foto: Getty images

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar bekor qilinadigan holatlar ro‘yxati kengaytirilmoqda. Endilikda ushbu huquq yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda - muddati o‘tgan qarzdorlik uning mavjudligi to‘g‘risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan e’tiboran 6 oy ichida bartaraf etilmaganda ham tugatiladi.

Bundan tashqari, yer osti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi. 

Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha bo‘lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mavzuga oid