Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya O‘zbekistonda uy-joylar “yashil” renovatsiyasiga mablag‘ ajratadi
Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasiga 30 million yevro moliyaviy mablag‘ ajratishi kutilmoqda.
Energetika vazirligi xabar berishicha, mazkur loyiha O‘zbekistonda turar joy binolarining energiya samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan bo‘lib, ayni paytda baholash va tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan kredit liniyasi va texnik yordam ajratilib, O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi orqali tijorat banklari ishtirokida yakuniy iste’molchilarga kreditlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyiha doirasida aholining energiya samaradorligi bo‘yicha xabardorlik darajasini aniqlash uchun maxsus onlayn savolnoma o‘tkazilmoqda. Savolnoma loyihaning texnik konsultantlari, Juru va AETS (Fransiya) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yig‘ilgan ma’lumotlar loyihaning iqtisodiy va texnik asoslarini shakllantirishda foydalaniladi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025