Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skandinaviyadagi vatandoshlar uchun o‘zbek tilidagi onlayn maktab ochildi
O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Skandinaviya davlatlaridagi vatandoshlarning farzandlarini o‘zbek tilida o‘qitish bo‘yicha onlayn maktab ochildi.
Loyiha Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universiteti va Skandinaviya davlatlaridagi o‘zbek vatandoshlari uyushmalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihani ishga tushirish bo‘yicha vebinar o‘tkazildi. Unda loyiha tashabbuskorlari, Shvetsiya, Daniya va Norvegiyadagi yurtdoshlar ishtirok etishdi. Vebinarda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
– Skandinaviya davlatlarida minglab o‘zbek yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. Ular bilan o‘tkazilgan muloqotlarda vatandoshlarni tashvishga solayotgan eng asosiy mavzulardan biri – bu yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jahon tajribasidan ma’lumki, ikkinchi va uchinchi avlod muhojirlarida ushbu rishtalarning susayishi va hatto uzilish xavfi mavjud.
– Shvetsiyadagi minglab yurtdoshlarimiz ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlamoqda. Birinchi mashg‘ulotimizni joriy haftada boshlaymiz, unga qiziqish juda katta. Ilk kunlardanoq 100 dan ortiq bola ro‘yxatdan o‘tdi. Eng asosiy yurtdoshlarimiz ushbu loyihadan juda xursand. Bularning negizida, eng avvalo, davlatimiz rahbarining bizga, Vatandan uzoqda istiqomat qilayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarga qaratayotgan katta e’tibori yotibdi, – dedi loyiha tashabbuskorlaridan biri, Shvetsiyadagi O‘zbek milliy madaniy markazi rahbari Zilola Yo‘lchiyeva.
Mavzuga oid
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
14:22 / 22.05.2025