Jahon | 11:51
856
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

AQSh va Buyuk Britaniya AQSh eksportining Buyuk Britaniya bozoriga kengroq kirishini ta’minlaydigan yangi savdo kelishuviga erishdi.

Foto: Reuters

AQSh va Buyuk Britaniya yangi savdo kelishuviga erishdi. Bu haqda 8 may, payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer telefon orqali suhbatdan so‘ng ma’lum qilishdi. «Kelishuv Amerika eksporti, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida milliardlab dollarga teng (Britaniya bozoriga) kirishni kengaytirishni nazarda tutadi», deb tushuntirdi Tramp.

AFP agentligining aniqlik kiritishicha, gap, xususan, mol go‘shti va bioetanolga tegishli. Bundan tashqari, AQShning Boeing samolyot ishlab chiqaruvchisi uchun Britaniyaning milliardlab funt sterling miqdordagi buyurtmalari kutilmoqda.

Oq uy rahbari kelishuvni «Ozodlik kunidan keyingi birinchi tarixiy savdo bitimi» deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh savdodan 6 milliard dollar (5,3 milliard yevro) daromad oladi, shuningdek, fermerlar va boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport imkoniyatlaridan 5 milliard dollar (4,4 milliard yevro) oladi. Bundan tashqari, alyuminiy va po‘lat uchun ikki tomonlama savdo zonasi tashkil etiladi, farmatsevtika mahsulotlarini xavfsiz yetkazib berish zanjiri ta’minlanadi.

Mavzuga oid