Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi
Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi.

Foto: Videodan kadr
IIV ma’lum qilishicha, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 1971 yilda hamda 1994 yilda tug‘ilgan shaxslar Sirdaryo tumanidan o‘tgan yo‘l chetida, dala maydonidagi yashirilgan joydan 3 dona qora sumkaga joylangan, giyohvandlik vositalarini olayotgan vaqtida ushlandi. Tadbir davomida jami og‘irligi 77 kg 410 gramm giyohvandlik moddalari olindi.
Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1989 yilda tug‘ilgan va 1990 yilda tug‘ilgan fuqarolar Uchqo‘rg‘on tumanida yashirilgan joydan 5 kg giyohvandlik vositalarini olayotganda ushlandi.
1998 yilda tug‘ilgan va 1984 yilda tug‘ilgan fuqarolar Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi dala maydonida yashirish yo‘li bilan ko‘mib qo‘yilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositalarini olayotganda ushlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvchilarning yashash manzili ham xolislar bilan ko‘zdan kechirildi. Natijada umumiy og‘irligi 364 gramm giyohvandlik vositalari, grammlarga ajratilib, sotish uchun ishlatiladigan paketlar, noutbuklar daliliy ashyo sifatida olindi.
Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid

14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

20:24 / 05.05.2025
Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

16:46 / 05.05.2025
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi

17:00 / 03.05.2025