Kim Chen In rahbarligi ostida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Uning doirasida 600 millimetrli reaktiv zalp o‘t ochish tizimi va «Xvason-11ga» ballistik raketasidan ham foydalanildi.

Foto: AP
KXDR armiyasi qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib, uning doirasida uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollar va raketa tizimlari bilan hujumlar amalga oshirildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kim Chen In rahbarligi ostida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida 600 millimetrli reaktiv zalp o‘t ochish tizimi va «Xvason-11ga» taktik ballistik raketasidan ham foydalanilgan.
«Shuningdek, barcha bo‘linmalarni yadroviy qarshi hujumga zudlik bilan shay holatga o‘tkazish tartibi va jarayonini mashq qilish, qo‘mondonlik tarkibi uchun qarshi hujum tizimlaridan foydalanish bo‘yicha alohida mashg‘ulotlar tashkil etildi», — deyiladi xabarda.
KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadroviy kuchlarini doimiy ravishda takomillashtirish zarurligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, u «taktik yadro qurollari tizimlarining jangovar ishonchliligini yanada oshirish va ularni qo‘llash sohasini har tomonlama hamda doimiy ravishda kengaytirish» vazifasini qo‘ygan.
Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In «qo‘pol imperialistik qaroqchilar»ga qarshi kurash bo‘yicha missiyalarni bajaradigan va KXDR harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga kiruvchi yangi ko‘p maqsadli Chve Ryon kemasini (esminets) suvga tushirish marosimida ishtirok etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

18:47 / 08.05.2025
FXX: Rossiyaga kelayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni keskin kamaydi

21:14 / 05.05.2025
KXDR askarlarining urushdagi ishtiroki nega yashirildi-yu, nega endi tan olindi?

22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi

20:06 / 30.04.2025