Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
AQSh prezidenti badavlat insonlar uchun soliqlarni oshirishga qarshi chiqish qilib, birinchi prezidentlik davrida uning stavkasini 37 foizgacha tushirgan edi. Endi esa u soliq stavkasini 39,6 foizga qaytarishni taklif qilmoqda.

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp 7 may kuni Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonga yiliga kamida 2,5 million dollar ishlab topadigan fuqarolar yoki yillik daromadi 5 million dollardan oshadigan oilaviy juftliklar uchun eng yuqori soliq stavkasini 37 foizdan 39,6 foizga oshirishni taklif qildi, deb xabar beradi The New York Times.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp venchur fondlar va xususiy investitsiya fondi menejerlariga nisbatan qo‘llaniladigan foizlar bo‘yicha soliq imtiyozlarini bekor qilish istagini yana bir bor bildirgan.
Vakillar palatasi Soliq qo‘mitasi raisi Jyeyson Smit 9 may kuni Tramp bilan uchrashib, soliq qonun loyihasi prezidentning ustuvor yo‘nalishlariga mos kelishini ma’lum qiladi.
Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davrida «boylar uchun soliq»ning eng yuqori stavkasini 39,6 foizdan 37 foizga qadar tushurgandi. Ushbu stavka hozir ham amalda, faqat u yillik daromadi 626 ming 350 dollardan oshadiganlarga taalluqli.
Trampning taklifi soliq imtiyozlarini uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi fonida yangradi. Qonun chiqaruvchilar bu imtiyozlarning xarajatlarini qoplashga mablag‘ izlayapti, jumladan, past daromadli amerikaliklar uchun mo‘ljallangan Medicaid sug‘urta dasturini qisqartirish hisobiga.
Dastlabki baholashlarga ko‘ra, boylar uchun yangi soliq stavkasining joriy etilishi 10 yil davomida budjetga qo‘shimcha 67,3 milliard dollar jalb etish imkonini beradi.
AQSh savdo vaziri Govard Lyutnik Bloombergʼga bergan bayonotida boylar uchun soliqlarni oshirish, «aqlli» qadam ekanini aytdi. Bu Trampning mehmonxona xodimlari va keksalar uchun soliqlarni kamaytirishga oid saylovoldi va’dalarini moliyalashtirish uchun ko‘proq mablag‘ ajratishga imkon beradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp badavlat amerikaliklarga solinadigan soliq miqdorini oshirishni «o‘ta falokatli» deb atagandi.
Mavzuga oid

20:39 / 09.05.2025
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

16:34 / 09.05.2025
Tramp Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi

12:41 / 09.05.2025
Tramp Kiyevning 30 kunlik sulh g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

10:52 / 09.05.2025