Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
Oq uy rahbari har ikki davlat uchun iqtisodiy oqibatlarni pasaytirishni rejalashtirmoqda.

Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xitoy bilan bojlarni pasaytirish bo‘yicha muzokaralar olib boryapti, deb xabar berdi Bloomberg. Birinchi qadam sifatida tariflar 60 foiz yoki undan kamroq darajaga tushirilishi mumkin.
Muzokaralarni AQSh moliya vaziri Skott Bessent va Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen olib boryapti. Ular 10 may kuni Jyenevada uchrashishi kerak. Agentlikning yozishicha, shu yo‘l bilan Tramp har ikki davlat uchun iqtisodiy oqibatlarni pasaytirishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, muzokaralarning birinchi bosqichida Xitoy va AQSh katta ehtimol bilan bir-biriga o‘zaro tariflar joriy etilgandan keyin yuzaga kelgan barcha masalalar va muammolarni taqdim etadi. Shu bois, agentlik manbalari yaqin kelajakda bojlar kamaytirilishiga ishonchi komil emas. Muzokaralarning birinchi bosqichi ikki kun davom etadi.
AQSh ayni paytda Xitoy tovarlari uchun 145 foiz boj joriy qilgan. Xitoyning javob stavkalari 125 foizni tashkil qiladi. AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha bor Pekin kelishuvga erishishdan manfaatdor ekanini aytgan. 4 may kuni Xitoyning AQShdagi elchisi Si Fen mamlakat muzokaralarga tayyorligini, biroq o‘zaro hurmat sharti bilan ekanini aytdi.
Mavzuga oid

12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak

09:03 / 28.05.2025