Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni jadallashtiradi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning Gender tengligi masalalari bo‘yicha maxsus vakili Alisiya Gerbert bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Alisiya Gerbert muloqot avvalida O‘zbekistonda xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.
"Britaniya tomoni O‘zbekistonda xotin-qizlarning oliy ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunar va texnologiyalar, xorijiy tillarni egallashi va tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirish uchun moliyaviy va texnik yordamini ko‘rsatishdan manfaatdor", dedi u.
Uchrashuv yakunida gender tengligiga erish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025