Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan ma’lumotlar koinot ob-havosini prognoz qilish, radioaloqa va navigatsion tizimlarga ta’sir ko‘rsatadigan ionosfera buzilishlarini o‘rganishda qo‘l keladi.

Foto: Xinhua
Xitoyning «Chanchjen-6A» tashuvchi raketasi 11 may kuni uchta «Yaogan-40-02» elektromagnit monitoring sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi.
Qayd etilishicha, yengil uch pog‘onali raketa Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida joylashgan Tayyuan kosmodromidan amalga oshirilgan. Kosmik apparatlar belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli chiqqan.
XXR aerokosmik ilm-fan va texnika korporatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshlar yer atrofi orbitasida elektromagnit monitoring o‘tkazish va yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
Uzunligi 50 metrga yetadigan modifikatsiya qilingan «Chanchjen-6A» kerosin/suyuq kislorod juftligidagi ekologik toza yoqilg‘ida ishlaydi va 6,5 tonnagacha foydali yukni 500 kilometr balandlikkacha olib chiqishga qodir.
Yerning elektromagnit maydonini kuzatishga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan ma’lumotlar koinot ob-havosini prognoz qilish, radioaloqa va navigatsion tizimlarga ta’sir ko‘rsatadigan ionosfera buzilishlarini o‘rganish, shuningdek, foydali qazilmalarni qidirish va seysmik faollikni kuzatishda qo‘llanishi mumkin.
Avvalroq Xitoy Yer atrofidagi orbitada o‘zining kosmosdagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida sun’iy yo‘ldoshlar o‘rtasida «havo janglari» o‘tkazishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025