O‘zbekiston | 15:42
2023
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani aytildi
2024-2025 o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan.

Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimidagi soni bo‘yicha Hindiston yetakchilik qilmoqda – 6502 nafar;
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Turkmaniston – 1430 nafar;
- Pokiston – 1250 nafar;
- Rossiya Federatsiyasi – 732 nafar;
- Qozog‘iston – 639 nafar;
- Qirg‘iziston – 369 nafar;
- Xitoy – 325 nafar;
- Tojikiston – 322 nafar;
- Koreya Respublikasi – 197 nafar;
- Afg‘oniston – 157 nafar;
- Kanada – 126 nafar;
- boshqalar – 431 nafar.