O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 mlndan ziyod xorijiy sayyoh keldi
2025 yil aprel oyida O‘zbekistonga 1 milliondan ziyod xorijiy sayyoh keldi.

Foto: Kun.uz
Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu mamlakatda turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, ochiqlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash natijasidir.
O‘zbekiston prezidentining turizmni strategik tarmoq sifatida rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari hamda sohaga investitsiyalar jalb etilishi, vizasiz rejimlarni kengaytirish, xalqaro turistik yarmarka va forumlarda faol ishtirok etish mamlakatimiz jozibadorligini yanada oshirmoqda.
Kelgusida ham sohani yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos xizmat turlarini kengaytirish hamda ekologik va barqaror turizm yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonni jahon miqyosida raqobatbardosh va jozibador turistik yo‘nalishga aylantirish maqsad qilingan.
Mavzuga oid

10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi

17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin

11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

13:07 / 26.05.2025