Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etiladi
“Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, “El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib qayta tashkil etildi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
▪️professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganib borish;
▪️ nomzodlarni vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari ehtiyojlariga mos holda professional yo‘naltirish;
▪️ stipendiatlarning O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha takliflar kiritish;
▪️ mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yanada oshirish uchun stipendiatlar salohiyatidan samarali foydalanish.
2025 yil 1 sentabrdan boshlab:
🔹vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari orasidan maqsadli stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi;
🔹stajirovka tashkil etiladigan xorijiy tashkilotlar va stajirovka muddati buyurtmachilar, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan belgilanadi;
🔹maqsadli stajirovkaga yuboriladigan mutaxassislarning stajirovka o‘tashda zarur bo‘ladigan xorijiy tilni o‘rganishi uchun vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari tomonidan tegishli sharoitlar yaratib beriladi.
Mavzuga oid
15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi
17:28 / 28.03.2025
«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali xorijda o‘qiganlar ishga tanlovsiz olinadi
11:33 / 19.03.2025