Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AEXA yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kelishib oldi
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh qarorgohida agentlik ekspertlari va O‘zbekiston delegatsiyasi o‘rtasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan kompleks ish rejasini amalga oshirish masalalari bo‘yicha ikkinchi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Maslahatlashuvlar davomida O‘zbekiston yadroviy infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, normativ-huquqiy baza, xavfsizlik, kadrlar tayyorlash va ekologik jihatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
2026 yilda amalga oshiriladigan Yadro infratuzilmasini kompleks ko‘rib chiqish missiyasi, jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish va kichik modulli reaktorlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro atom energiyasi agentligi vakillari O‘zbekistonning bu boradagi kompleks yondashuvini yuqori baholab, kelgusida texnik hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi
11:51 / 11.12.2024
AEXA Zaporijjya AESga ketayotgan avtomobilga dron zarbasi haqida ma’lum qildi
22:04 / 06.12.2024
Eron 4 ta yadro kallagi ishlab chiqarish uchun yetarli uranga ega - AEXA
18:51 / 04.12.2024