Jahon | 23:29 / 13.05.2025
1522
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

Natijada, havo kemasi bortida vahima boshlangan. Endi ushbu yo‘lovchi 27,7 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.

Foto: Videodan kadr

Xitoyda samolyot yo‘lovchisi qo‘nish vaqtida «toza havodan nafas olish uchun» avariyaviy eshikni ochib yubordi, deb yozmoqda Need to Know nashri.

Qayd etilishicha, voqea 12 may kuni Yunnan provinsiyasida, China Eastern Airlines havo kemasi bortida yuz bergan. Samolyot yerga qo‘ngan zahoti erkak avariyaviy eshik tutqichini tortgan va evakuatsiya trapini ochib yuborgan. Bu vaqtda samolyot qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanayotgan edi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchining harakati tufayli bortda vahima boshlangan. Yo‘lovchilarning samolyotdan tushishi 20 daqiqaga kechikka. Qoidabuzar shaxs politsiya tomonidan olib ketilgan. Erkak 100 mingdan 200 ming yuangacha (27,7 ming dollargacha) jarimaga tortilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Niderlandiyadan Ispaniyaning Gran-Kanariya oroliga parvoz qilayotgan Transavia aviakompaniyasi samolyoti Portugaliyaning Faru aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirgandi. O‘shanda bunga yo‘lovchilardan biridan taralgan kuchli badbo‘y hid sabab bo‘lgan edi.

Mavzuga oid