Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
Oq uy rahbari, shuningdek, samolyot yangi Boeing samolyotlari yetkazib berilgunga qadar vaqtincha prezidentning «Birinchi borti» (Air Force One) vazifasini bajarishini qo‘shimcha qildi.
AQSh prezidenti Donald Trampga Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan Boeing 747 samolyoti AQSh Mudofaa vazirligiga (Pentagon) topshirilishini ma’lum qildi.
Prezident samolyot o‘ziga emas, balki AQSh harbiy-havo kuchlariga, ya’ni Pentagonga berilganini ta’kidladi. «Bu Qatarning sovg‘asi, biz uni ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli himoya qilganmiz», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.
Oq uy rahbari, shuningdek, samolyot yangi Boeing samolyotlari yetkazib berilgunga qadar vaqtincha prezidentning «Birinchi borti» (Air Force One) vazifasini bajarishini qo‘shimcha qildi.
«Agar yaxshi mehnatimiz uchun bizni mukofotlaydigan davlatdan bunday samolyotni tekinga olsak, nega harbiylarimiz, demak, soliq to‘lovchilar ham yuzlab million dollar to‘lashi kerak? Buning o‘rniga, bu mablag‘lar Amerikani yana buyuk qilish uchun ishlatiladi. Davlatimiz nomidan bunday sovg‘adan faqat ahmoq odam bosh tortishi mumkin», dedi Tramp.
The New York Times xabariga ko‘ra, Qatar rasmiylari taklif hali ham ko‘rib chiqilayotganini ta’kidlagan. Oq uyning ma’lum qilishicha, olingan barcha sovg‘alar amaldagi qonunchilikka muvofiq deklaratsiya qilinadi.
Avvalroq Tramp prezidentning hozirgi samolyoti (Air Force One) 40 yildan beri ishlatilayotgani va eskirib borayotganini, shuning uchun Qatar amiriga tegishli Boeing 747-8 qasr-samolyotini qabul qilishini, u mutlaqo bepul bo‘lishini aytgan edi.
Ayni paytda Kongressning demokrat a’zolari samolyotning narxi taxminan 400 million dollar ekanligini ta’kidlab, Trampning prezidentlik muddati tugaganidan keyin samolyotdan foydalanishi ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelishiga shubha bildirmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025