Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Ukraina prezidenti 15 may kuni Turkiyada o‘tkaziladigan muzokaralarga Rossiya tomonidan kim kelishini kutayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Putinni urushni cho‘zishda aybladi.

Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 may kuni Turkiyada o‘tkaziladigan uchrashuvda Rossiya tomonidan kim qatnashishi to‘g‘risida ma’lumotni kutmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor.
Rossiya tomonidan so‘nggi bir kun ichidagi o‘qqa tutishlar haqida gapirar ekan, Zelenskiy ehtimoliy muzokaralarni yodga oldi. «Butun dunyo to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar taklifi uchun Putindan oddiy «ha» javobini kutayotgan vaqtda — u Ukrainaga zarbalar berishni davom etyapti. Bunda hech qanaqa harbiy ma’no yo‘q», — deydi Ukraina prezidenti Putinni urushni cho‘zishda ayblab.
«Men Rossiyadan kim kelishini kutyapman va shunda Ukraina qanday qadamlar tashlashi kerakligini belgilayman. Ularning mediasidagi signallar hozircha ishonchsiz», — deya qo‘shimcha qiladi Zelenskiy. U AQSh prezidenti Donald Tramp ham Turkiyadagi muzokaralar ishtirok etishi mumkinligini eslatib o‘tdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘z navbatida, muzokaralarning har qanday formatiga tayyor. «Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor va biz uchrashuvdan qo‘rqmaymiz. Ertaga — Turkiyada», — deydi u.
15 may, payshanba kuni Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari boshlanishi mumkin. Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan 14 may kuni uning formati «hali uzil-kesil belgilab olinmagani»ni aytdi. Bu Moskva va Kiyev o‘rtasida 2022 yil bahoridan buyon ilk muzokaralar bo‘lishi kerak, o‘shanda tomonlar urushning dastlabki haftalarida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishishga uringandi.
Mavzuga oid

02:31
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi

17:14 / 14.05.2025
Erdo‘g‘an KIP haqida: Terror va zo‘ravonlik davri nihoyasiga yetdi

13:10 / 14.05.2025
Kallas: Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi

09:05 / 14.05.2025