Putin va Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun Istanbulga kelmaydi
Ukrainadagi tinchlik muzokaralari uchun Istanbuldagi delegatsiyaga Putinning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.

Foto: AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi tinchlik muzokaralari uchun Istanbulga bormaydi. 14 may, chorshanba kuni kechqurun Kreml veb-saytida e’lon qilingan ushbu muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi ishtirokchilari ro‘yxatida uning ismi yo‘q. Xuddi shu ma’lumotni Reuters agentligi Tramp ma’muriyatidagi manbaga tayanib e’lon qildi.
Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi. Unga birorta vazir, jumladan, na Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, na Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov kiritilmadi. Uning o‘rniga Kreml muzokaralarga Lavrovning o‘rinbosari Mixail Galuzin, Belousovning o‘rinbosari Aleksandr Fomin va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostyukovni yuboradi.
Kreml press-relizida, shuningdek, Putin tomonidan tasdiqlangan «Ukraina bilan muzokaralar olib borish uchun ekspertlar» ro‘yxati keltirilgan. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi axborot departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Zorin, prezidentning Gumanitar sohadagi davlat siyosati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Yelena Podobreyevskaya, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishchuk, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshqarmasi boshlig‘ining xalqaro bo‘limi boshlig‘i Viktor Shevsov bor.
Mavzuga oid

11:45
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari

02:31
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi

01:09
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi

22:15 / 14.05.2025