O‘zbekiston | 09:00
1025
4 daqiqa o‘qiladi

VUM: FAW yangi avlodi INNOPROM ko‘rgazmasida – ishonchli texnologiyalar, mahalliy ishlab chiqarish va zamonaviy yechimlar bir joyda

28–30 aprel kunlari Toshkentdagi SAYex ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi — bu mintaqaning eng yirik B2B platformalaridan biri. Aynan shu maydonda Van Universal Motors (VUM) o‘zining FAW brendi ostidagi eng so‘nggi texnikalarini namoyish etdi. Bu nafaqat texnologik qudrat, balki O‘zbekistonda yuk tashish sanoati qanday tez rivojlanayotganining yorqin isbotidir.


Made in Uzbekistan: VUM’ning strategiyasi – to‘liq mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi

“Bu ko‘rgazmada 30 dan ortiq davlatlardan 400 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etdi va biz ham Made in Uzbekistan pavilonida Andijonda ishlab chiqarilayotgan texnikalarimiz bilan qatnashyapmiz. Ko‘rgazma orqali mijozlarimizga biz haqimizda ma’lumot berishdan tashqari, o‘zimiz kabi kompaniyalar bilan ko‘rishib, hamkorlik masalalarini ham muhokama qildik”, – deydi kompaniya marketologi Xurshid Sodirov.

VUM taqdim etilgan yuk avtomobillari butlovchi qismlarini mahalliylashtirishdan tashqari, uning ustki qurilmalarini ham endilikda yurtimizdagi korxonalar bilan kooperatsiya asosida to‘liq mahalliylashtirmoqda.

Bu nima degani?

  • qisqa yetkazib berish muddatlari;
  • kafolatli va qulay servis tarmog‘i;
  • davlat xaridlari va yirik loyihalar uchun moslashtirilgan yechimlar;
  • sanoat importini kamaytirish va ish o‘rinlarini yaratish.

Yangi texnikalar bilan tanishing

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida o‘zimizning yangi texnikalarimiz bilan qatnashdik. Barcha texnikalarimiz yuqori sifatli tejamkor 130-160 ot kuchiga ega dvigatellar bilan jihozlangan”, – deydi kompaniya Savdo bo‘limi rahbari Otabek Muhammedov.

VUM stendida mehmonlar FAW brendi ostidagi bir qator yangi modellarni sinovdan o‘tkazishdi:

  • Tiger VR furgoni: benzinli, 3 tonnagacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega ixcham yuk mashinasi – kichik va o‘rta biznes uchun ideal yechim.
  • FAW 7 kub m yonilg‘i tashishga mo‘ljallangan kommunal xizmatlar va infratuzilma loyihalari bo‘yicha yuqori talablarni qondiradi.
  • FAW 24 kub m bortli tentli furgon: yirik yuklar va uzoq masofalarga mo‘ljallangan, qurilish va logistika sohasiga mos texnika.

Har bir model zamonaviy funksiyalar bilan jihozlangan: konditsioner, yotoq joyi, ko‘p funksiyali rul, multimedia monitor, 360° kamera – haydovchi uchun maksimal qulaylik va xavfsizlik.

3 yil / 100 000 km gacha kafolat va O‘zbekistonda servis tarmog‘i

Har bir FAW yuk mashinasiga VUM kompaniyasi tomonidan 3 yil yoki 100 000 km gacha bo‘lgan kafolat beriladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston bo‘ylab rasmiy servis markazlari orqali ehtiyot qismlar, tezkor texnik yordam va kafolatli xizmatlar taqdim etiladi.

Bu – yirik korxonalar, davlat tashkilotlari va logistika operatorlari uchun ishonchli infratuzilma deganidir.

FAW yuk texnikasini qanday xarid qilish mumkin?

FAW texnikalarini O‘zbekistondagi rasmiy VUM dilerlari orqali:

  • Naqd pul ko‘chirish yo‘li bilan
  • Imtiyozli lizing va boshqa moliyaviy instrumentlar asosida xarid qilish mumkin.

Mahsulotlar bilan tanishish yoki tijoriy taklif olish uchun biz bilan bog‘laning!

Van Universal Motors – bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy FAW yuk texnikalari, texnologiya va mahalliy servis tizimi uyg‘unligini beruvchi ishonchli hamkoringiz.

Batafsil ma’lumot uchun: +998 55 508 60 60

Sayt: https://faw.uz
Instagram: https://www.instagram.com/vum_faw_uzbekistan/
Facebook: https://www.facebook.com/vumfawuzbekistan
Telegram: https://t.me/vum_faw_uzbekistan

Reklama huquqi asosida