Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FTB sobiq direktori Trampni o‘ldirishga chaqirganlikda gumonlanmoqda
Bunga uning ijtimoiy tarmoqda 8647 raqami ko‘rinishidagi chig‘anoqlar tushirilgan fotosuratni joylashtirgani sabab bo‘ldi.
AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Federal tergov byurosining (FBI, FTB) sobiq direktori Jyeyms Komiga nisbatan tergov boshladi. Bunga uning ijtimoiy tarmoqda 8647 raqami ko‘rinishidagi chig‘anoqlar tushirilgan fotosuratni joylashtirgani sabab bo‘ldi. Bu AQSh prezidenti Donald Trampni o‘ldirishga chaqiriq sifatida talqin qilinmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, 86 raqami ko‘cha tilida «birovni tashqariga haydab chiqarishni», 47 raqami esa AQSh qirq yettinchi prezidenti Trampni anglatadi.
NBC News talqiniga ko‘ra, 86 raqami «kimdandir qutulish» ma’nosida ishlatilishi mumkin.
AQSh maxfiy xizmati vakili NBC News nashriga tergov boshlangani haqida xabar bergan. Uning aytishicha, agentlik «himoya ostidagi shaxslar uchun ehtimoliy tahdid sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan har qanday holatni sinchkovlik bilan tekshiradi».
Jyeyms Komi allaqachon suratni ijtimoiy tarmoqdan olib tashladi.
«Bugun sohilda sayr qilganimda chig‘anoqlarni ko‘rdim va suratga oldim, chunki buni siyosiy murojaat, deb o‘yladim. Ba’zilar bu raqamlarni zo‘ravonlik bilan bog‘lashini bilmasdim. Bu xayolimga ham kelmagan, lekin har qanday zo‘ravonlikka qarshiman, shuning uchun postni o‘chirib tashladim», deb yozdi u.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025