Jamiyat | 08:35 / 20.05.2025
2585
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi 1,6 mlrd so‘mlik elektrni talon-taroj qildi

Kompaniya elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi oqibatida elektrdan noqonuniy foydalanilgan.

Foto: Bosh prokuratura

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “O.T.S.” MChJ tomonidan tashkil qilingan boshqaruv servis kompaniyasida 1,6 mlrd so‘mlik elektr talon-toroj qilingan. 

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, kompaniya elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi oqibatida elektrdan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid