O‘zbekistonda 4 oyda qancha egizak tug‘ilgani aytildi
O‘zbekistonda 2025 yilning birinchi choragida qancha egizak tug‘ilishlar qayd etilgani ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar—mart oylarida mamlakat bo‘yicha jami 198 089 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Tug‘ilishlarning chaqaloqlar soni bo‘yicha taqsimlanishi:
- 1 nafar tug‘ilganlar — 193 370 ta;
- 2 nafar tug‘ilganlar — 4 582 ta;
- 3 nafar va undan ortiq tug‘ilganlar — 137 ta.
Tug‘ilishlarning shahar va qishloq joylar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- shahar joylarda — 136 060 nafar;
- qishloq joylarda — 130 418 nafar.
2024 yilda O‘zbekistonda 926,4 ming nafar bola tug‘ilgan. Shundan 479,5 ming nafari o‘g‘il, qolgan 446,9 ming nafari qizlar. Mamlakatda 2018 yildan beri birinchi marta tug‘ilishning yillik o‘sishi to‘xtagan. O‘tgan yilda tug‘ilganlar soni nafaqat 2023 yil, balki 2022 yil ko‘rsatkichidan ham past bo‘lgan.
Mavzuga oid

10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi

11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi

11:21 / 23.05.2025