AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
Ushbu mojaro sun’iy intellektga tayanish qanchalik ishonchli ekani haqidagi bahslarni keltirib chiqardi.

Foto: Shutterstock
Internetda sun’iy intellektdan (SI) foydalanish bilan bog‘liq katta mojaro muhokama qilinmoqda, uning markaziga Amerikaning yetakchi gazetalaridan biri Chicago Sun-Times tushib qoldi.
Nashr o‘z sahifalarida yozda o‘qish uchun tavsiya qilingan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi, ammo ularning ba’zilari umuman mavjud emas.
Ro‘yxatdagi 15 ta kitobdan faqat beshtasi o‘qish mumkin bo‘lgan haqiqiy kitobdir. Masalan, Rey Bredberining «Momaqaymoq vinosi» va Andre Asimanning «Meni o‘z isming bilan chaqir» kabi. Boshqa barcha kitoblar neyron tarmoqning fantaziyasi mahsuli bo‘lib chiqdi.
Qizig‘i shundaki, soxta kitoblardan biri Endi Ueyrning «So‘nggi algoritm» asari. Unda sun’iy intellekt sezuvchan bo‘lib qolgani va dunyo voqealariga yashirincha ta’sir o‘tkazayotganini aniqlagan dasturchi haqida hikoya qilinadi. Bu esa hozirgi mojaro zamirida yanada ahamiyatli.
Ma’lum bo‘lishicha, gazeta bilan hamkorlikda ishlaydigan frilanser ro‘yxatni tuzishda sun’iy intellekt yaratgan ma’lumotlarni tekshirmagan. Ammo nashr bu qanday qilib gazetada e’lon qilinganiga izoh bera olmadi.
Sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, Chicago Sun-Times mojarosi zamonaviy generativ neyron tarmoqlari xavfining yorqin namunasidir, ular jozibali, ammo soxta kontent yaratishi mumkin, keyinchalik ular haqiqat sifatida tarqatiladi. Bu ehtimoliy xavf tug‘diradi, ayniqsa axborot ishonchliligi muhim bo‘lgan sohalarda.
Noto‘g‘ri yoki uydirma javoblar berish sun’iy intellekt chatbotlari bilan bog‘liq doimiy muammolardan biridir. Misol uchun, amerikalik advokat sudda ChatGPT tomonidan yaratilgan xayoliy iqtiboslardan foydalangan holat bor edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, OpenAI chatboti o‘z javoblarida mavjud bo‘lmagan sud ishlariga havola bergan.
Mavzuga oid

17:15 / 08.05.2025
Tarixda ilk marotaba qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi

08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi

18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi

10:30 / 22.03.2025