Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
“2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2025–2030 yillarda O‘zbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- bolalar saratonini erta bosqichlarda aniqlash holatlari ulushini 65 foizgacha oshirish;
- onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarning 1 yillik yashovchanligini 34 foizdan 90 foizgacha, 5 yillik yashovchanligini esa kamida 60 foizgacha oshirish;
- saraton kasalligiga chalingan bolalarni 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olish.
2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston milliy strategiyasi (Strategiya) ishlab chiqilgan.
Farmon bilan 2025–2026 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Strategiyani joriy etish loyihasi 2025–2026 yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi tibbiyot muassasalari bazasida amalga oshiriladi hamda kelgusida zarur shart-sharoitlar yaratilishiga qarab mamlakatning boshqa hududlariga parallel ravishda kengaytiriladi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
17:23 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
19:09 / 19.05.2025