Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi
Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 2025-2029 yillarda issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,632 ming km issiqlik tarmoqlarini yangilash reja qilingan.

2025 yilgi investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti mablag‘lari hisobidan issiqlik ta’minoti obektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 500 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda «Issiqlikta’minoti» AJ rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.
Qayd qilinishicha, «Issiqlikta’minoti» AJ ustav kapitalidagi 23 ta issiqlik korxonalarini MChJ shaklida qayta tashkil etish vazifasi belgilangan.
Markazlashgan issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish va rivojlantirish yo‘nalishida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va «Issiqlikta’minoti» AJ bilan birgalikda:
– ko‘p kvartirali uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalariga 8681 ta individual issiqlik punktini o‘rnatish (2025 yilda 480 ta) orqali markazlashgan issiqlik ta’minotini «yopiq tizim»ga o‘tkazish;
– Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 2025-2029 yillarda issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,632 ming km issiqlik tarmoqlarini, shu jumladan, 2025-2026 yillarda 18 ta qozonxona va 258 km issiqlik tarmoqlarini yangilash reja qilingan.
Shu bilan birga, issiqlik ta’minoti tizimini «yopiq» tizimga o‘tkazish uchun qo‘shimcha 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Loyihalarni amalga oshirish natijasida hududlardagi 83 mingdan ortiq xonadondan iborat 1850 ta ko‘p qavatli uy va 418 ta ijtimoiy soha obektlarini issiqlik energiyasi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta yangi istiqbolli loyiha, jami quvvati 294 MVt bo‘lgan 10 ta qozonxona va 617 km issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, 2285 ta individual issiqlik punktini o‘rnatish rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar hujjatlarini ishlab chiqish uchun Davlat budjetidan 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Mavzuga oid

10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi

15:03 / 03.05.2025
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi

17:15 / 02.04.2025
«Issiqlik ta’minoti» aksiyadorlik jamiyatiga rais tayinlandi

08:10 / 21.03.2025