Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehmonxonaga hujjat taqdim etmay, MyID identifikatsiyasi bilan kirish mumkin bo‘ladi
Prezident farmoni bilan, 1 iyundan boshlab yagona milliy turistik platforma orqali mehmonxona band qilganlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmay, buning o‘rniga MylD tizimida identifikatsiyadan o‘tgan holda mehmonxonaga kirishiga ruxsat beriladi.
"2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 iyundan boshlab turizm sohasidagi barcha davlat elektron tizimlari va platformalari Turizmning yagona milliy platformasi doirasida ishlab chiqiladi. Bunda:
- joylashtirish vositalarini platforma orqali band qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz MylD tizimida identifikatsiyadan o‘tish ruxsat etiladi;
- platformaga ulangan joylashtirish vositalarining shaxsiy kabinetida mehmonlarni QR-kod yoki yuzni tanish tizimi orqali identifikatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.
Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2025 yilda yuqori turistik salohiyatga ega tuman va shaharlarda apart-mehmonxonalar, kapsula uylar va shunga o‘xshash boshqa joylashtirish vositalaridan iborat zamonaviy dam olish zonalarini yaratish rejasi;
- 2025 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizmni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
- O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan 2025 yilda xorijiy turistlarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha reja-jadval;
- xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi";
- 2025 yilda maqsadli bozorlardan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida turizm biznesi vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan taqdimotlar (roadshow) ro‘yxati.
Mavzuga oid
09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
18:16 / 30.04.2025
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor
07:37 / 19.04.2025