Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Turkiyaning Istanbul shahriga bordi.

Foto: Dunyo
Safar davomida o‘zbek diasporasi faollari, jumladan, madaniyat markazlari va jamoat birlashmalari rahbarlari, shuningdek, mamlakat fuqarolarini mehnat faoliyatiga jalb qilishdan manfaatdor bo‘lgan turk kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Ularda "O‘zbekiston madaniyati – birdamlik va hamkorlik jamiyati" rahbari Cho‘qay Ko‘char, "O‘zbekiston xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati" direktori Ozoda Islomova, "O‘zbekiston sanoatchilari va tadbirkorlari xalqaro jamiyati" rahbari Furqat Olimjonov va boshqalar qatnashdi.
Suhbat chog‘ida hamyurtlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, qonuniy mehnat faoliyatini himoya qilish va ijtimoiy moslashuvi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbek diasporal tashkilotlarini jipslashtirish, ularni madaniy-ma’rifiy loyihalarga jalb etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini mehnat faoliyatiga jalb qilishdan manfaatdor bo‘lgan Turkiyaning Rixos Hotel A.Ş, Sheraton Hotel A.Ş, Kalyon A.Ş, Ziraat Tarım, Hayvancılık ve Yatırım A.Ş, Cengiz Holding, MedLoc Logistics va Eczacıbaşı Holding kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Unda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, migrantlarning huquqlarini himoya qilish ko‘lamini oshirish masalalari xususida fikr almashildi.
Bundan tashqari, safar davomida Turkiyaning chet el fuqarolari huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan yetakchi yuridik firmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida Turkiya hududida vaqtincha yashayotgan va ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikning aniq yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid

19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

13:33 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?

18:23 / 16.05.2025
Ukraina Rossiya ilgari surgan talablarni «norealistik» deb hisoblaydi - Reuters

00:53 / 16.05.2025