Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
U Afrika sheri bolasini dala hovliga yashirishga uringan. Hozirda yirtqich viloyat kinologiya markaziga joylashtirilgan.

Foto: Ekologiya vazirligi
Samarqand tumanida yashovchi fuqaro noqonuniy ravishda sher bolasini boqib kelgani aniqlandi, deb xabar beradi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda fuqaro o‘z mashinasida sher bolasini olib yurgani tasvirlangan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tezkor tartibda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganish natijasida Samarqand tumanida yashovchi fuqaro Afrika sheri bolasini tumanning Oqbo‘yro mahallasi hududidagi dala hovlilarning biriga yashirishga uringani aniqlangan. Sher bolasi dala hovlining sim to‘sig‘iga bog‘lab ketilgan holda topilgan. Unga birinchi yordam ko‘rsatilib, vaqtincha saqlash uchun viloyat kinologiya markaziga olib kelingan hamda alohida parvarishga olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Ayni paytda ushbu qonunbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasi tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda.
Mavzuga oid

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025