Tenge Bank Navoiy shahrida yangi bank xizmatlari markazini ochdi
21 may kuni Navoiy shahrida Tenge Bank yangi bank xizmatlari markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu tarmoqni kengaytirish va O‘zbekistonning barcha hududlari aholisi uchun zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirishda muhim qadamdir.

Foto: Tenge Bank
Yangi ofis jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etadi.
“Tenge Bank o‘zining geografik joylashuvini kengaytirish va zamonaviy moliyaviy yechimlarni joriy etish orqali faol rivojlanib va hududlarga investitsiya qilib kelmoqda. Biz nafaqat aholi va tadbirkorlarga yuqori sifatli bank xizmatlarini taqdim etishga, balki shaharning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishga intilamiz”- deb ta’kidladi “Tenge Bank” ATB Boshqaruv Raisi Birinchi o‘rinbosari Shahruh Xakimov.
Navoiy shahar, Bahor MFY, Zulfiya ko‘chasi, 4A-uy (mo‘ljal – Farhod madaniyat uyi)da joylashgan yangi ofis ochilishi munosobati bilan tadbir mehmonlari uchun bayram fursheti, musiqalar, shuningdek, esdalik sovg‘alari bilan ko‘ngilochar dasturi tashkil etildi.
Tenge Bank mijozlarga ishonchli moliyaviy yechimlar va yuqori darajadagi xizmatni taklif qilib, O‘zbekiston bo‘ylab o‘z faoliyatini kengaytirishda davom etadi.
Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankining (Halyk Bank) sho‘’ba korxonasi hisoblanadi.
Halyk Bank Qozog‘istondagi eng yirik tizimni tashkil etuvchi banklardan biri bo‘lib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakchi moliya institutlaridan biri bo‘lib, keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmog‘iga ega.
Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.
E-mail: [email protected] Veb-sahifa | Facebook | Instagram | Telegram
Mavzuga oid

17:00 / 04.03.2025
Tenge Bank’dan Tenge24 mobil ilovasida Uzcard PIN-kodini o‘zgartirish: Kundalik hayotni o‘zgartiradigan innovatsiyalar

14:55 / 12.02.2025
Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

19:00 / 26.12.2024
Tenge Bank tomonidan katta sovrinlar o‘yini: biz bilan orzuingizni ro‘yobga chiqaring!

19:00 / 26.11.2024