O‘zbekiston | 00:47
667
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Reyslar haftasiga to‘rt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Boeing 777-300 va Airbus A330-300 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airports

Janubiy Koreyaning T’way Air loukoster aviakompaniyasi Seul—Toshkent—Seul yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.

Qayd etilishicha, 23 may kuni soat 21:56 da aviakompaniyaning birinchi TW-431 reysi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan. Seuldan kelgan samolyot an’anaga ko‘ra suv arkasi, ekipaj a’zolari esa gullar bilan kutib olingan. Samolyot bortida 216 yo‘lovchini, jumladan, Koreyaning mashhur BLACKSWAN musiqiy guruhini olib kelgan.

Foto: Uzbekistan Airports

«Biz bugun yo‘lovchilarimiz uchun yangi mamlakat – O‘zbekistonni ochganimizdan juda mamnunmiz. Seuldan Toshkentga va teskari yo‘nalishdagi birinchi reyslar talab ancha yuqori ekanini ko‘rsatdi. Biz Uzbekistan Airports kompaniyasiga bunday samimiy qabul uchun minnatdormiz va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatidamiz», — deydi aviakompaniya vakili Kim Yunkyon.

Reyslar haftasiga to‘rt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Boeing 777-300 va Airbus A330-300 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Foto: Uzbekistan Airports

Ma’lumot uchun, T’way Air — Janubiy Koreyaning Seulda joylashgan loukoster aviakompaniyasi bo‘lib, 2010 yildan beri parvozlarni amalga oshirib keladi.

Mavzuga oid