Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs jarohat olgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan IIBB ma’lumot berdi.
Holat 22 may kuni taxminan soat 20:00 larda Olmazor tumani, “Chustiy” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 2003 yilda tug‘ilgan A.S. o‘zining tanishi 2006 yilda tug‘ilgan S.O‘. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli tortishib qolgan va janjallashib ketgan.
Janjal vaqtida fuqaro A.S. o‘tkir tig‘li jism bilan S.O‘.ga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi ko‘krak qafasi orqa sohasi chap tomon kesib sanchilgan jarohati tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish — qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?
19:00 / 22.05.2025