Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
Endi ular Mudofaa vazirligi binosiga kirish uchun rasmiy ruxsat olishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, ularga maxsus xodim hamrohlik qiladi.
Pentagon rahbari Pit Hegset jurnalistlarga Mudofaa vazirligi binosining aksariyat hududiga maxsus hamrohsiz kirishni taqiqlovchi buyruqni imzoladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar maxfiy ma’lumotlar himoyasini kuchaytirish uchun zarur.
«Pentagon oldingidek shaffoflik tamoyiliga sodiq bo‘lsa-da, idora shu bilan birga maxfiy va sir tutilishi lozim bo‘lgan razvedka ma’lumotlarini himoya qilish majburiyatiga ham ega. Bunday ma’lumotlarning ruxsatsiz oshkor qilinishi AQSh harbiy xizmatchilari hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin», — deydi Hegset.
Buyruqqa ko‘ra, akkreditatsiyaga ega jurnalistlar Pentagon shtab-kvartirasiga kirish uchun rasmiy ruxsat olishi kerak. Bino bo‘ylab harakatlanishida esa ularga maxsus xodim hamrohlik qiladi.
Idora press-puli manfaatlarini targ‘ib qiluvchi Pentagon matbuot assotsiatsiyasi yangi qoidalari OAV erkinligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid deb atadi. Ularning ta’kidlashicha, jurnalistlar har doim, hatto 2001 yil 11 sentabr teraktidan keyin ham Mudofaa vazirligi bo‘ylab to‘siqsiz harakatlangan.
Mavzuga oid
18:44 / 22.05.2025
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi
23:31 / 29.04.2025
Pentagon ayollar huquqlarini kengaytirish dasturini yopdi
21:11 / 24.04.2025
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi
12:03 / 22.04.2025