Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
2025 yilning 23 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev va Yaponiya elchisi Hatori Takashi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi.
Yaponiya mehnat bozori uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va jo‘nab ketish oldidan tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston fuqarolarining Yaponiyada bo‘lgan vaqtda immigratsiya qoidalarini buzilganlik holatlari va kelgusida ularning oldini olish choralarini ham ko‘tardi.
Tomonlar Yaponiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.
Mavzuga oid
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025
“Tabiiy, innovatsion, transformativ” – yaponlar o‘zbek pavilioniga qanday ta’rif bermoqda?
17:12 / 20.05.2025