Jamiyat | 09:43 / 27.05.2025
2422
1 daqiqa o‘qiladi

Bir kunda 6,2 mlrd so‘mlik energoresurslar talon-toroj qilindi

Hududlarda energiya resurslarini iqtisod qilish borasida ishlar davom ettirilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, 26 may kuni 271 ta energoresurslarni yo‘qotish holatlari hamda 470 ta holatda 6,2 mlrd so‘mlik talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. 

Gaz taqsimlash punktlarining 2 tasi almashtirildi va 259 tasi ta’mirlandi, 888 ta xonadon ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi, 3 762 ta gaz hisoblagich batareyasi almashtirildi.

2 800 ta gaz hisoblagichining aloqasi tiklandi, 5 ta yangi transformator o‘rnatildi, 248 km tarmoq, 290 ta transformator punktlari ta’mirlandi, 14 km yuqori yuklamali tarmoqlarda simlar almashtirildi.

Qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan 11 nafar shaxs ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortildi, 5 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid