Jahon | 13:59 / 28.05.2025
24
3 daqiqa o‘qiladi

LIVE Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harakatlarini tanqid qilishda davom etdi. Unga tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful hamda Germaniya va Yevropaning boshqa rasmiylari ham qo‘shildi.

Foto: Ahmad Hasaballah / Getty Images

Germaniya kansleri Fridrix Mers hukumatda Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harakatlarining ehtimoliy oqibatlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish rejalari haqida gapirdi. 27 may, seshanba kuni Finlandiyaga tashrifi chog‘ida siyosatchi «so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan voqealarni juda tanqidiy» deb aytdi. «Tinch aholining taqdiri va dahshatli iztiroblari bizni larzaga soldi», — deya uning so‘zlarini keltiradi AFP jurnalistlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hukumati rahbari bu masala bo‘yicha Isroil rasmiylari bilan muzokaralarni «jonlantirish»ga va’da bergan.

 ko‘plab turdagi dronlar bo‘ldi. Kun.uz muxbiri ushbu festivaldan fotoryeportaj taqdim qiladi
ko‘plab turdagi dronlar bo‘ldi. Kun.uz muxbiri ushbu festivaldan fotoreportaj taqdim qiladi
Joriy yil 29-31 may hamda 1 iyun kunlari Toshkyent shahridagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida
Joriy yil 29-31 may hamda 1 iyun kunlari Toshkent shahridagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida
Mudofaa sohasidagi innovatsion tyexnologiyalar festivali («MSITF-2025») bo‘lib o‘tdi
Mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali («MSITF-2025») bo‘lib o‘tdi
Ushbu festivalda Qurolli Kuchlarga zarur bo‘lgan zamonaviy tyexnologiyalar, myetallurgiya, kimyo sanoati hamda tyekstil sohasida ikki maqsadga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi tashkilot
Ushbu festivalda Qurolli Kuchlarga zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi tashkilot
U Isroilga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligiga aniqlik kiritmadi: «Bizning yordamimiz qay darajada
U Isroilga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligiga aniqlik kiritmadi: «Bizning yordamimiz qay darajada

U Isroilga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligiga aniqlik kiritmadi: «Bizning yordamimiz qay darajada davom etishi masalasi hukumatdagi ichki maslahatlashuvlar mavzusi», dedi u va qarorlar ma’qullangan taqdirda ham «oshkora e’lon qilinmasligini» ta’kidladi, deb yozadi AFP.

Isroilning G‘azo sektoriga nisbatan siyosatini tanqid qilishga Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful ham qo‘shildi. WDR nashriga bergan intervyusida u Berlinni yahudiy davlati bilan birdamlikka majburlab bo‘lmasligini aytdi: «Bizning antisemitizmga qarshi qat’iy kurashimiz va Isroil davlatining mavjud bo‘lish huquqi va xavfsizligini to‘liq qo‘llab-quvvatlashimiz G‘azo sektorida olib borilayotgan mojaro va urush manfaatlarida ishlatilmasligi kerak», dedi u va Falastinda aholining ahvolidan xavotirda ekanligini aytdi.

«Biz hozir keyingi qadamlarimiz haqida juda puxta o‘ylashimiz kerak bo‘lgan bosqichda turibmiz», deb davom etdi siyosatchi.

Germaniya moliya vaziri va sotsial-demokratlar partiyasidan vitse-kansler Lars Klingbayl ham avvalroq hukmron koalitsiya Isroilga siyosiy bosimni kuchaytirishni rejalashtirayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin sodir bo‘layotgan voqealar «endi qabul qilib bo‘lmas» ekanini ochiq ko‘rsatishi kerak.

Mavzuga oid