Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga ko‘ra, Rossiya fevral oyi boshidan beri bosib olingan Mariupol va Berdyansk o‘rtasida 80 kilometrdan ortiq elektr uzatish liniyalarini qurgan.
 
                                    Foto: Andrei Rubsov/dpa/picture alliance
Rossiya Ukrainaning bosib olingan janubi-sharqiy qismida urush boshida egallangan Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulash mumkin bo‘lgan elektr tarmoqlarini qurmoqda. Bu haqda 27 may, seshanba kuni Greenpeace ekologik tashkiloti hisobotiga tayanib, The New York Times nashri xabar berdi.
Hisobotda e’lon qilingan va nashr tomonidan tasdiqlangan sun’iy yo‘ldosh suratlari shuni ko‘rsatadiki, 2025 yil fevral oyi boshidan beri Rossiya Azov dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab bosib olingan Mariupol va Berdyansk o‘rtasida 80 km dan ortiq elektr uzatish liniyalarini qurgan. Greenpeace ma’lumotlariga ko‘ra, qurilishdan maqsad Mariupol hududidagi yirik nimstansiyaga yangi elektr uzatish liniyalarini ulashdan iborat bo‘lib, u o‘z navbatida undan 220 km g‘arbda joylashgan Zaporijjya AESga ulangan.
Greenpeace yadro energetikasi bo‘yicha mutaxassisi Shon Berni NYT'ga bergan intervyusida sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Zaporijjya AESni qayta ishga tushirish rejalarining birinchi faktik tasdig‘i deb atadi. Uning fikricha, stansiya oxir-oqibat Ukraina sharqidagi bosib olingan hududlar bilan chegaradosh Rostov viloyatining elektr tarmoqlariga ulanishi mumkin.
Mavzuga oid
 
                        11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
 
                        10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
 
                        09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
 
                        21:34 / 27.05.2025
 
               
             
              