O‘zbekiston | 15:12 / 26.05.2026
19
1 daqiqa o‘qiladi

Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

37 yoshli shaxs 3 yildan beri qidiruvda bo‘lgan. U AQShning Nyu-York shahrida ekani aniqlanib, ushlandi.

Qidiruvda bo‘lgan shaxs AQShda ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

1989 yilda tug‘ilgan shaxs 2023 yilda qidiruvga berilgan. U Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan. 


IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan AQSh huquq-tartibot idoralari hamda ushbu davlatning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida qidiruvdagi shaxs Nyu-Yorkda ekani aniqlangan. U ushlangan va belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

 

Avvalroq xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid