Fan-texnika | 20:30 / 30.05.2015
8535
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda Virginiya orollari yaqinida suzib yurgan Stiv Jobs yaxtasining suratlari paydo bo‘ldi

Internetda Virginiya orollari yaqinida erkin suzib yurgan “Venera” yaxtasining suratlari paydo bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, Stiv Jobs umrining oxiriga qadar ushbu kemaga zeb berish bilan shug‘ullangan.

Yangi suratlar yaxtaning tashqi ko‘rinishi va ayrim ichki detallarini to‘laqonli namoyish etib bera oladi. “Venera” ilgari ham suratga olingan edi, ammo safargi fotosuratlar ilgarigilaridan sifati bilan ajralib turadi.

Yaxtani yaratish uchun Jobs fransiyalik dizayner Filipp Starkka murojaat qilgan. Bunga qadar Jobs do‘sti Larri Elisonning yaxtasida bir necha marta dam olgandi. Shundan so‘ng u o‘z yaxtasiga ega bo‘lishni niyat qildi.

Ammo Jobs vafot etgach, “Venera” qurilishi yakunlanmay qoldi. Buning uchun yana bir yil sarflandi, ammo ishlar yakunlanmadi.

Vanity Fair jurnaliga bergan intervyusida Stark yaxtada 6ta yotoqxona va uy avtomatika majmuasi borligini ma'lum qildi.

“Stiv uning bolalari yaxtada vaqt o‘tkaza olishini, o‘zi esa shu paytning o‘zida kayutada dam olishni niyat qilgandi. Tinchlik uning uchun muhim jihat edi. Uning uyidagilar oyoq uchida yurardi. Bolalari ham, rafiqasi ham, iti ham shovqin solmasdi”, – uning so‘zlarini keltiradi nashr.

Bugungi kunda yaxta Jobsning turmush o‘rtog‘i Loren Pauell Jobsga tegishli.