O‘zbekiston | 17:20 / 03.07.2015
10235
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentdagi farmatsevtika kompaniyasi binosida yong‘in chiqdi
Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan Nika Pharm nomli farmatsevtik kompaniyasi binosida katta yong‘in chiqdi.
Guvohlarning ma'lum qilishicha, yong‘in 3 iyul kunining ikkinchi yarmida boshlangan.
Ayni vaqtda hodisa joyiga bir necha o‘t o‘chirish mashinalari yetib borgan va yong‘inni bartaraf qilish uchun ish olib borishmoqda.
Yong‘in sabablari va jabrlanganlar haqida hozircha ma'lum qilinmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar orqali binoning yuqori qismida qalin qora tutun ko‘kka o‘rlayotganini ko‘rish mumkin.