Jamiyat | 17:24 / 09.07.2015
15035
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi “To‘xtaboy” jome masjidiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov yettinchi iyul kuni Toshkent shahridagi “To‘xtaboy” jome masjidiga tashrif buyurdilar.

Muftiy hazratlari masjid ahlini Ramazon bilan muborakbod etib, bu oyning fazilati, unda amalga oshiriladigan iqtisodiy ibodat bo‘lmish zakotning ajr-mukofoti ulug‘ ekani haqida ma'ruza qilib berdilar.

So‘ngra yurtimiz tinch-omon, xalqimizning hayoti farovon bo‘lishini so‘rab, duo qildilar.