Jahon | 18:35 / 28.08.2015
2640
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Qozog‘iston temir yo‘llari binosiga o‘t ketdi

Ostonada bugun mahalliy vaqt bilan soat 16:18da Qozog‘iston temir yo‘llari ma'muriy binosida yong‘in boshlandi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Yong‘in 7 daqiqa ichida o‘chirildi. Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan FVV va IVV brigadalariga xodimlar ham yordam berishdi. Yong‘inni o‘chirishga 32 qutqaruvchi va 8 texnika birligi jalb qilindi.

Voqea joyida hech kim zarar ko‘rmadi.
Yong‘inga sabab sifatida binoning stillobat qismidagi sintetik plyonkaning o‘t olishi ko‘rsatildi. Buning oqibatida 100 kv m maydon yong‘in ichida qolgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish