O‘zbekiston | 10:34 / 19.09.2015
19666
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda Chorsu bozori yaqinida ag‘darilib yotgan kranlar tasvirlari paydo bo‘ldi

Oloy bozori yaqinida joylashgan biznes markazida kelib chiqqan yong‘in atrofidagi shov-shuvlar sovib ulgurmasdan, internetda poytaxtimizdagi Chorsu bozori oldida qurilish olib borayotgan kranlarning ag‘darilib yotgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlardan ko‘rinib turibdiki, poytaxtimizdagi Chorsu dehqon bozorining “go‘sht bozori” nomi bilan mashhur qismi yaqinidagi arka oldida qurilish olib borayotgan kranlar ko‘ngilsiz holga kelgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qoldirgan izohlardan ma'lum bo‘ladiki, ushbu kranlar kecha, 18 sentabr kuni tungi 21:00 atrofida bu yerga yo‘l ustidagi arkani buzish uchun keltirilgan.

Taxmin qilish mumkinki, arka buzilayotgan vaqtda uning bir qismi kranlar ustiga qulab tushgan.
Hodisa tufayli Chorsu bozori atrofida avtomobillar tirbandligi vujudga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan hozircha rasmiy axborotlar berilgani yo‘q.