Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Qurbon hayiti bayrami nishonlanmoqda
24 sentabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida 140 ming kishi Qurbon hayiti bayramini nishonlashda ishtirok etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
«Huquq-tartib qoidalari buzilishi va favqulodda holatlarga yo‘l qo‘yilmadi. Moskva politsiyasi jamoatchilik tartibi va fuqarolar xavfsizligi to‘liq hajmda ta'minlandi”, - dedi IIVning Moskva shahar bosh boshqarmasi vakili Andrey Galiakberov.
Bayram munosabati bilan shahardagi ayrim ko‘chalar yopib qo‘yildi.
Shu munosabat bilan Rossiyada nishonlangan Qurbon hayiti bayramidan olingan fotolavhalarni e'tiboringizga havola etamiz.













