Xayrli tugagan aviahalokatlar
Nemis fotografi Ditmar Ekel samolyotlar halokatga uchragan joylardan fotoreportajlar tayyorlaydi. Lekin u suratga tushirgan aviahalokatlarning barchasi xayrli tugagan — qulab tushgan samolyotlardagi insonlar tirik qolishgan.
1. Statistikaga ko‘ra, samolyot qulab tushganda yo‘lovchilarning 78 foizdan ko‘prog‘i omon qoladi.
2. Bortda elektr bilan bog‘liq muammo kelib chiqishi sababli samolyot qulab tushgan. Hech kim halok bo‘lmagan, lekin 45 daraja sovuqda uch kun yordam kutishga to‘g‘ri kelgan. (1971 y., AQSh)
3. “Bristol” qo‘nish paytida muz ostiga kirib ketgan. (1956 y., Kanada)
4. Uchuvchi omon qolishiga to‘lqinlar yordam bergan. (1947 y., AQSh)
5. “V-24” yonilg‘i tugashi natijasida halokatga uchragan. Bortdagi to‘qqiz kishining barchasi omon qolgan. (1993 y., Papua-Yangi Gvineya)
6. Yonilg‘i tugab qolishi oqibatida qulab tushgan “Curtiss C46 Commando” samolyoti. (1977 y., Kanada)
7. Yong‘in chiqishi natijasida aviahalokat sodir bo‘lgan. (1973 y., AQSh)
8. Yukning me'yordagidan ko‘pligi bois “Curtiss C46 Commando” samolyoti qulab tushgan; barcha tirik qolgan. (1979 y., Kanada)
9. Avstraliya hududi. (sanasi noma'lum).
10. Yonilg‘i tugashi sababli “Cessna” samolyoti qulab tushgan joy. (1963 y., AQSh)
11. Uchuvchilarning xatosi oqibatida “Douglas R4D-8” samolyoti halokatga uchragan. (1973 y., Islandiya)
12. “Douglas DC3” ulkan qor uyumiga tushgan. Bortdagi olti kishining barchasi tirik qolgan. (1950 y., Kanada)
13. “Douglas C-47” dengiz sathidan 2,5 km. balandlikda halokatga uchragan. Bortdagi 10 nafar kishining barchasi omon qolgan. (2010 y., Kanada)
14. Bu havo kemasidan narkotik moddalar tashishda foydalanilgan. Mahalliy aholining aytishicha, samolyotda bo‘lganlarning birortasi ham halok bo‘lmagan. (2010 y., Meksika)
15. “Avro Shackleton Pelican” majburan qo‘ngan joy. Bortda bo‘lgan 19 kishining barchasi tirik qolgan. (1994 y., G‘arbiy Sahroi Kabir)
Manba: Xabardor.uz