Fan-texnika | 18:32 / 02.12.2015
5739
1 daqiqa o‘qiladi
Tarmoqda Volvo S80 o‘rinbosarining fotosuratlari paydo bo‘ldi
Autoblog nashri Volvo S90 sedanining birinchi fotosuratlarini e'lon qildi. Bu model S80 flagmanining o‘rniga keladi, uning ommaviy debyuti esa keyingi yil yanvarida Detroytda bo‘ladi.
Yangi model SPA modul platformasida quriladi. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, 4 eshikli mashina 4 silindrli 190-320 ot kuchiga ega turboli dvigatellar, shuningdek, 400 ot kuchiga ega gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlanadi.
Sedandan so‘ng V90 universali chiqariladi. Bu avtomobil dizayni Xitoyda Fransiyaning Norev firmasi buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan keng masshtabli modelda oshkor etilgan edi. Unga qadar S90 intererining josuslik fotosuratlari chiqarilgan edi.